O'xshash so'zlar lug'ati

WSpektr
Apr 2, 2018
  • 4.2 MB

    Saiz Fail

  • Android 4.0.3+

    Android OS

Mengenai O'xshash so'zlar lug'ati

O'xshash so'zlar yani o'zbek tilidagi paronimlar lug'ati

Paronimlar talaffuzning o'xshashligi, morfem sostavining qisman yaqinligi tufayli

yozuvda, nutqda adashtirilishi mumkin bo'lgan, qofiyalashda, shuningdek, so'z o'yinida

boshqa-boshqa ishlatiladigan ma'nodagi so'zlardir. Masalan: kampaniya - kompaniya, sharob -

sharaf so'zlari ikki paronimik uyani tashkil etuvchi turli ma'nodagi mustaqil so'zlardir.

Kampaniya - biror maqsadni ko'zlab ma'lum vaqt, davr ichida o'tkaziladigan ommaviy

harakat ma'nosini ifodalaydi: paxta yig'im-terimi kampaniyasi; kampaniyasi ekish; kompaniya

- sherikchilik, ulfatchilik; burjua mamlakatlarida esa kapitalistlarning savdo Yoki sanoat

shirkati ma'nolarini ifodalaydi: savdo kompaniyasi Kabi.

Sharob va sharaf so'zlari ham alohida-alohida tushunchaga ega bo'lgan mustaqil so'zligi

yaqqol sezilib turibdi. Lekin shunga qaramay, ko'pincha og'zaki nutqda, shuningdek, yozma nutqda ham ularni almashtirib, Xato ishlatish hollari uchraydi. Choyxona doim kishilar bilan to'la bo'lar, Hamza ularga turli temalarda dokladlar qilar, tambur chalib, ashula aytib berar edi. ( «Sov. O'zb.») Hovli sathiga Yashil gilamlardek to'shalgan kashnich, ukrop, qoladigan nildek

barra o'smalar yuzida shabnamlar injudek toblanadi. ( «O'zb. Madaniyati».)

Keltirilgan faktlardan ko'rinib turibdiki, nihoyatda yaqinligi va o'xshashligidan tanbur

o'rniga tambur, tovlanmoq o'rniga toblanmoq so'zlari o'rinsiz ishlatilgan. Vaholanki, ular

bir-birlaridan ma'no jihatidan tubdan farq qiladilar.

Tunjukkan LagiKurangkan

What's new in the latest 3.0

Last updated on 2018-04-02
yangilandi

Versi lama O'xshash so'zlar lug'ati

Muat Turun Super Pantas dan Selamat melalui Apl APKPure

Satu klik untuk memasang fail XAPK/APK pada Android!

Muat Turun APKPure