Sevimli qo'shiqlar matnlari jamlanmasi
Botir Qodirov 1981-yil 6-mag kuni Andijonda san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning onasi O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artista Zulxumor Qodirovadir. Botir Qodirov bolaligidan qo'shiq kuylashga ishtiyoqi baland bo'lgan. U maktabni tamomlagandan so'ng 2000-yil Andijon san'at kollejiga o'qishga kiradi. Kollejni tugatgandan so'ng esa Toshkent Davlat Madaniyat istitutining an'anaviy xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini u 2005-yil "Seni o'ylayman" qo'shig'i bilan boshlaydi. Xit taronalari esa "Adashdim" va "Seni o'ylayman" qo'shiqlari bo'lgan. Hozirgi kungacha xonanda 60ga yaqin qo'shiqlarini, 10ga yaqin kliplarini va 4 albomlarini o'z muhlislariga xadya etgan.